GIYОHVАNDLIK - АSR VАBOSI
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida “Yoshlar oʼrtasida giyohvand moddalari tarqalishining oldini olish” oyligi doirasida “Giyohvandlik - asr vabosi” mavzusida tadbir boʼlib oʼtdi. Unda viloyat IIB, DXX va OITS markazi xodimlari va universitet oʼqituvchilari va talabalari ishtirok etdi. Tadbirni universitet boʼlim boshligʼi K.Safarov ochdi.
Bugun butun dunyo xalqlarini jiddiy tashvishga solayotgan bu illat mallat va sarhad neligini bilmay insonlarni oʼz domiga tortmoqda. Natijada ayrim irodasi boʼsh, iymon-eʼtiqodi sust kishilar, ayniqsa, yoshlar toʼgʼri yoʼldan adashib giyohvandlikka roʼju qoʼymoqda. Eng achinarlisi, ayrim shaxslar bu zahri qotilni isteʼmol qilishdan tashqari undan moddiy daromad orttirish maqsadida sotish bilan shugʼullanishi ayanchli hol. Negaki, bugun daromad orttirish ilinjida pullagan zahri qotil ertaga oʼsha odamning oʼz bolasini domiga tortmasligiga kim kafolat beradi.
Tajribalardan maʼlumki, giyohvandlik kasaliga mubtalo boʼlganlarning koʼpida avvalo oʼziga, soʼng oilasiga, kasbiga yoki oʼqishiga nisbatan qiziqishi, befarqlik, lokaydlik kuchayadi. Oddiy qilib aytganda, giyohvandlik bu bevaqt oʼlim, juda katta moddiy va maʼnaviy fojea hisoblanadi, - dedi viloyat IIB JQB katta tezkor vakili podpolkovnik S.Usmonov. - Mafkuraviy xurujlar avj olgan davrda yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligini taʼminlash uchun huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan birga qalbida Vatan tuygʼusi joʼsh urgan har bir inson ushbu salbiy illatlarga befarq qaramasligi, buning uchun kattalar va yoshlar ham oʼz hissalarini qoʼshishlari lozim.
Giyohvandlik ortidan kelib chiqadigan OITS infektsiyasi koʼpincha tartibsiz jinsiy hayot kechirish, sanitariya gigiena qoidalariga rioya qilmaslik va fuqarolarning tibbiy madaniyati va bilimining yetarli darajada boʼlmaganligi sababli yuzaga kelishini, kasallikni davolagandan koʼra oldini olgan maqsadga muvofiqligi mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga tushuntirildi.
Tadbir davomida talaba-yoshlarga mavzuga oid xujjatli filьm namoyish etildi.
Yakunda esa talaba yoshlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.