Giyohvand ham, og'ufurush ham qoʼlga olindi
2021 yil 14 iyul kuni Qarshi shahar IIO FMB 2-sonli IIB tezkor xodimlari, hamda HPB xodimlari, VIIB PPXB xodimlari, Qarshi shahar IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan 2021 yil 14 iyul kuni oʼtkazilgan “Nazorat tartibida giyoxvandlik vositalarini sotib olish” tezkor tadbiri davomida, Kasbi tumani “Choʼlquvar” MFY hududidagi yoʼl yoqasidagi dala shiyponi yonida, oʼzaro ogʼzaki keylishuv asosida oldi sotti qilish maqsadida toʼxtashib kelishib olishgan, shundan soʼng, Mirishkor tumani Zafar qishlogʼida yashovchi P.S bilan 2021 yil 14 iyul kuni soat 15:30 larda Mirishkor tumani “Zafar” MFYda yashovchi X.X.dan tezkor tadbir davomida ishlatish uchun taqdim qilingan 600.000 soʼm evaziga surishtiruv davomida aniqlangan jami 3,1 gramm miqdordagi “Spichki” nomli gugurt qutiga solingan, oʼtkir xidli, yashil rangli, talqonsimon holatdagi “Marixuanna” giyoxvandlik vositasini xarid qilishib, Qarshi shahar “Shoʼrtangaz” MFY hududida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, 3,1 gramm miqdordagi “Marixuanna” giyoxvandlik vositasi xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan. VIIB EKBning 15.07.2021 yildagi xulosasida, rasmiylashtirib olingan “Spichki” gugurt qutidagi oʼtkir xidli yashil rangli maydalangan oʼsimlik talqoni tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol giyohvand moddasi bor va bu oʼsimlik moddasi “MАRIXUАNА” deb atalishi, uning sof ogʼirligi 3,1 g ekanligi, tadqiqotdan soʼng 3,0 g tashkil qilishi koʼrsatilgan. Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar 3-sonli IIB TB tomonidan P.S va X.X.ga nisbatan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.