22 Oktyabr 2024 yil 1062

“Giyohvandlikka qarshi dolzarb oyligi”

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida joriy yilning 1-oktabridan 31 oktabriga qadar mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Giyohvandlikka qarshi dolzarb oyligi” tadbiri doirasida tezkor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat ichki ishlar organlarining   tezkor qidiruv xizmati, Tergov, huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari, patrul-post xizmati batalyoni shaxsiy tarkibi ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olganlar mamlakatimizda giyohvandlik vositalari, psixotrop va tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan dori vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashishda tezkor qidiruv tadbirlari samaradorligini oshirish, bu borada qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar xususida ishtirokchilarga atroflicha tushunchalar berildi.

Yig‘ilishda tadbirni namunali tashkil etish, fuqarolar, ayniqsa, yoshlar orasida giyohvandlik vositalarini tarqatilishini oldini olish va bu illatga qarshi kurash eng dolzarb masalalardan biri ekanligi ta’kidlandi.

Tadbirda oylikni keng qamrovda olib borish, tadbirlarga mutaxassislarni jalb etgan holda  giyohvandlikning salbiy oqibatlari xususida ochiq davra suhbatlari tashkil etish tavsiyasi berildi. 

Tadbir rejasiga ko‘ra, ichki ishlar organlari xodimlari manfaatdor idora va tashkilotlar bilan “Giyohvandlikka qarshi dolzarb oyligi” tadbiri doirasida vohaning barcha shahar va tumanlarida yoshlar ishtirokida uchrashuvlar tashkil etib, yuzasidan aniq manzilli dastur asosida targ‘ibot ishlari amalga oshirish vazifasi mas’ullarga yuklandi.  

Bundan tashqari, vohada fuqarolar tomonidan giyohvandlik moddalarini ekish, saqlash va sotish kabi jinoyatlarini aniqlash hamda qonunlarda belgilangan javobgarlik borasida targ‘ibot ishlarini olib borish masalalari ham e’tibordan chetda qolmasligi qayd etildi. 

Text to speech