8 Fevral 2024 yil 465

Giyohvandlikka qarshi birgalikda kurashamiz!

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining farmoyishiga asosan, joriy yilning 1-fevral kunidan 1-mart kuniga qadar respublikamizda “Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishini oldini olish” oyligi e’lon qilingan. Yoshlar o‘rtasida bu illatlarga keskin va murosasiz kurash olib borish maqsadida ta’lim muassasalarida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, bugun Qarshi davlat universitetida yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarning suiste’moli hamda  noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq xolatlarning oldini olish, shuningdek, OITSga qarshi kurash bo‘yicha davra suhbati, ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qashqadaryo viloyati IIB xodimlari, kapitan Sh.Sharopov, katta leytenant M.Bashirov, viloyat OITSga qarshi kurash markazi oliy toifali shifokori Dilfuza Turabova, rektor maslahatchisi A.Jo‘rayev, universitet profilaktika inspektori M.Jabbarov, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuvda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar inson sog‘lig‘i va xavfsizligiga jiddiy tahdid solishi, jamiyatning iqtisodiy va ma’naviy negiziga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, ko‘pincha u uyushgan jinoyatchilik bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi uning ijtimoiy xavfliligini yanada oshirishi, ayniqsa, mazkur giyohvandlik vositalaridan jabr ko‘ruvchilarning aksariyatini yoshlar tashkil etayotganligi to‘g‘risida ma’ruzalar tinglandi. Yoshlarga giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida asoslantirilgan tushunchalar yetkazilib, ularda giyohvandlikka qarshi murosasizlik hissini yanada rivojlantirishga oid videofilmlar namoyish etildi. Tadbir munozaralarga boy tarzda o‘tib, yig‘ilganlar mavzu yuzasidan keng taassurotga ega bo‘ldilar.

Text to speech