Giyohvandlik vositasini sotayotgan shaxs tezkor xizmat vakillari tomonidan ushlandi
2022 yilning 23 mart kuni soat 16:00 larda Chiroqchi tumani “Chiyal” MFYda yashovchi R.R va Chiroqchi tumani “Chiyal” MFY T.U bilan uchrashib, R.R 100 АQSh dollari va 2 mln. soʼm evaziga “SPIChKI” yozuvli, 10 dona gugurt qutilarda boʼlgan, yashil rangli, oʼtkir hidli quritilgan oʼsimlik barglarini sotib olgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlangan. Ushbu holat tegishlicha hujjatlashtirilgan. R.R.dan hujjatlashtirib olingan “SPIChKI” yozuvli oʼn dona gugurt qutisiga joylashtirilgan yashil rangli, qoʼl bilan ushlab koʼrilganda quruq holdagi, oʼziga xos oʼtkir hidli, maydalnagan oʼsimlik moddalari tarkibida faol modda tetragidrokannabinol mavjud boʼlib, bu oʼsimlik moddalari “marixuana” giyohvandlik vositasi ekanligi, marixuana giyohvandlik vositasining jam sof ogʼirligi 36,2 grammni tashkil qilishi koʼrsatilgan. Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB TB tomonidan T.U va R.R.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.