Giyohvandlik moddasini yetishtirgan shaxs qo‘lga olindi
2024 yil 06 iyul kuni Ko‘kdala tuman IIB
tezkor xodimlari tomonidan, Ko‘kdala tumani ”Utamayli” MFYda yashovchi 1954
yilda tug‘ilgan X.I.ning yashash uyi ko‘zdan kechirilganida, xonadondagi mavjud
makkajo‘xori ekilgan maydonda 105 tup va utkir hidli, yashil rangli, shubhali
ya’ni marixuanna giyoxvandlik o‘simligiga uxshash o‘simliklarni parvarishlab
kelayotganligi aniqlangan va kelgusida tekshirib ko‘rish uchun xolislar
ishtirokida xujjatlashtirilib olingan. Qashqadaryo viloyati IIB Ekspert
kriminalistika markazining xulosasiga ko‘ra ushbu 115 sm.dan 200 sm.gacha
bo‘lgan jami 105 tup nam holdagi ushbu o‘simliklar tarkibida
teragidrokannabinol mavjud bo‘lib, bular kannabis giyoxvandlik o‘simligi
ekanligi va 105 tup marixunna giyoxvandlik o‘simligining umumiy og‘irligi
406.980 gramm ekanligi ma’lum qilingan.