Giyohvand moddalar savdosiga chek qo`yildi
Dehqonobod tumani IIB xodimlari tomonidan 2024-yil 29-mart kuni soat 16:00 larda o‘tkazilgan tezkor tadbirda yana bir og‘u shaydosining kirdikorlari fosh etildi. Jumladan, G‘uzor tumanida yashovchi fuqaro A.A. Dehqonobod tumani, “Zavqiy” MFY hududida B.K.ga 2 dona shaffof rangli sellofan o‘ramlardagi sarg‘ish rangli o‘tkir hidli 10 dona quritilgan o‘simlik moddasi va uni qoldiqlari, 10 dona “Sibazon” dori vositasi va 10 dona “Gabanerv gabapentin 300 mg” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini jami 300 ming so‘mga sotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.
Ushbu holat yuzasidan Dehqonobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchi A.Aga nisbatan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.