Giyohvand modda saqlab kelayotgan shaxs qo'lga olindi
2022 yil 20 fevral kuni Qashqadaryo viloyat IIB tezkor xodimlari tomonidan Chiroqchi tumani “Olmazor” MFYda yashovchi R.А.ning yashash uyi xolislar ishtirokida koʼzdan kechirilganda, yashash xonadonining mehmonxonasidagi kurpachalar orasidan 1 dona qora rangli selofan ichida oʼtkir hidli, yashil rangli oʼsimlik quritmalari borligi hamda ushbu selofan ichidan 1 dona “spichki” yozuvli gugurt quttisi ichida ham oʼtkir hidli, yashil rangli oʼsimlik quritmasini kelgusida sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu ashyolar tegishli tartibda xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan. Qashqadaryo viloyat IIB EKBning xulosasida R.А.ning yashash xonadonidan hujjatlashtirib olingan 1 dona qora rangli selofan ichidagi oʼtkir hidli, yashil rangli oʼsimlik quritmasi va selofan ichidagi 1 dona “spichki” yozuvli gugurt quttisi ichidagi oʼtkir hidli, yashil rangli oʼsimlik quritmasi tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol marixuana giyohvandlik vositasi ekanligi, uning yashash xonadonidan olingan 1 dona qora rangli selofan ichida quruq holdagi marixuana giyoxvandlik vositasining sof ogʼirligi 172,4 grammga teng ekanligi, selofan ichida 1 dona “spichki” yozuvli gugurt quttisi ichidagi quruq holdagi marixuana giyohvandlik vositasining sof ogʼirligi 5,5 grammga teng ekanligi koʼrsatilgan. Mazkur holat yuzasidan tuman IIB TB tomonidan R.А.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.