Geosiyosiy manfaatlar toʼqnashuvi va mafkuraviy kurash
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida “Geosiyosiy manfaatlar toʼqnashuvi va mafkuraviy kurash” mavzusida “Maʼrifat darsi” boʼlib oʼtdi. Unda viloyat IIB rahbariyati, sohaviy xizmatlar xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirni viloyat ichki ishlar boshqarmasi MMI va KBTX boshligʼining oʼrinbosari podpolkovnik Shermuhammad Muslimov ochdi.
Bugun globallashayotgan dunyoda geosiyosat davlatlararo aloqalarga, oʼz navbatida, xalqaro munosabatlarga sezilarli taʼsir oʼtkazayotgani, har bir davlat xalqaro munosabatlarda oʼz manfaatlari ustuvorligiga erishish maqsadida barcha imkoniyatlarini ishga solishga, kuch-qudratidan foydalanishga harakat qilayotganini taʼkidladi. moqda. Geosiyosiy manfaatlar toʼqnashuvi va mafkuraviy kurash kuchaygan hozirgi paytda kelgusida millatlar, xalqlar, davlatlar, umuman, insoniyat jamiyatining taqdiri qanday boʼladi, degan savol gʼoyat dolzarb boʼlib turibdi.
Tarixning dalolat berishicha, yirik davlatlar, ular tomonidan barpo etilgan imperiyalar, strategik maqsadlar yoʼlida birlashgan davlatlar ittifoqlari, turli kuchlar xalqaro munosabatlar va dunyo siyosatining asosiy tamoyillarini belgilab bergan va belgilab bermoqda. Ayni shu davlatlar hozirda ham bevosita yoki bilvosita oʼz soʼzini boshqa davlatlarga oʼtkazmoqda, jahonning geosiyosiy xaritasi qanday koʼrinish kasb etishida ularning oʼrni katta boʼlmoqda. Mavjud boyliklarni, xomashyo resurslarini taqsimlash, jahon miqyosida tovarlar va xizmatlar narxini belgilashda asosiy vazifani hal etmoqda. Boshqacha aytganda, gegemonlikni daʼvo qilayotgan bu davlatlar shu tariqa yashash va yurish-turish qoidalarini belgilab bermoqda.
Xulosa shuki, keskin kurash va manfaatlar toʼqnashuvi kuchayib, milliy oʼzlik va maʼnaviy qadriyatlarga qarshi tahdidlar tobora ortib borayotgan bugungi davr har birimizdan oqillik, hushyorlik va faollikni talab qiladi. Zero, Prezidentimiz taʼkidlaganidek: “Hozirgi zamonda maʼnaviy nuqtai nazardan “uxlab yotish”ga, loqayd boʼlishga hech kimning haqqi yoʼq. Barcha fojia va muammolar, Vatanga, millatga, kelajakka xiyonat aynan loqaydlikdan boshlanadi. Yana bir bor aytaman, dunyodagi qaltis vaziyat, siyosiy “oʼyin”lar barchamizni sergaklikka undashi kerak. Jahonda kechayotgan geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni chuqur tahlil qilib, ulardan xulosa chiqargan holda, yoʼlimizni toʼgʼri tanlashimiz zarurligi ishtirokchilarga atroflicha tushuntirildi.