18 Noyabr 2023 yil 789

Gender tenglikka oid seminar

Qarshi shahrida O‘zbekiston Respublikasida xotin-qizlarning  jamiyatdagi rolini oshirish,  gender tengligi va oila masalalari bo‘yicha komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati hamda BMT Taraqqiyot Dasturining “O‘zbekistonning milliy gender strategiyasining amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlash orqali tenglikka erishish loyihasi” doirasida  seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Ko‘lami keng treningda viloyat hokimligi,  Adliya, Bojxona va Ichki ishlar, Statistika boshqarmasi, sud organlari hamda boshqa hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda O‘zbekistonda gender tengligi va xotin-qizlarning  imkoniyatlarini kengaytirishning kelajagini o‘rganish va amaliyotda uchrayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ishtiokchilarning taklif va mulohazalari tinglandi.

Qizg‘in bahs va munozaralar asosida kechgan seminar-treningda ishtirokchilarning gender tenglik borasidagi bilim va malakasi oshirildi.

Text to speech