Gashish giyohvandlik vositasini Toshkent shahriga sotish maqsadida olib ketayotgan shaxs qo'lga olindi
2022 yil 6 aprel kuni soat 23:30 larda, DXX, Qashqadaryo viloyati IIB tezkor xodimlari hamda YXHB xodimlari bilan hamkorlikda Chiroqchi tumani “Umakay” yoʼl-patrul xizmati maskanida oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida, Surxondaryo viloyati Denov tumani “Аmbarsoy” MFYda yashovchi Q.B giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda sotish maqsadida selofan oʼramlariga oʼralgan “Gashish” giyohvand vositasini va 1 dona “SPIChKI” yozuvli gugurt quttisiga joylangan “marixuana” giyohvand vositasini olib, ushbu giyohvand vositalarini Toshkent shahriga olib borib sotish maqsadida yoʼlovchi avtomashina hisoblangan Surxondaryo viloyati Denov tumani “Barxayot” MFYda yashovchi U.F boshqaruvidagi “Neksiya-3” rusumli avtomashinasini orqa yukxonasiga, soʼmkaga solingan “Gashish” giyohvand vositasini joylab, “marixuana” giyohvand vositasini esa choʼntagiga solgan holatda ushbu avtomashina bilan Surxondaryo viloyatidan Toshkent shahri tomon “Gʼuzor-Samarqand” yoʼli boʼylab olib ketayotganligi aniqlanib, Q.B.ning oʼng choʼntagidan sof ogʼirligi 1,8 gramm “marixuana” giyohvand vositasi va unga tegishli boʼlgan soʼmkadan selofan oʼramlariga oʼralgan 535,9 gramm “Gashish” giyohvand vositasi holislar ishtirokida tegishli tartibda daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olindi. Chiroqchi tumani IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Q.B.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.