26 Dekabr 2020 yil 478

Futbol boʼyicha gʼoliblari aniqlandi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sogʼlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-6099-sonli farmoni ijrosi taʼminlash maqsadida tumandagi korxona va tashkilot ishchi-xodimlari oʼrtasida sportning mini futbol turi boʼyicha "Hokim kubogi" musobaqasi tashkil etilgan edi.

Tuman hokimi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur musobaqa yakunlandi.

Teng kurashlarga boy boʼlgan ushbu musobaqaning yakuniy natijalariga koʼra, 1-oʼrinni tuman Jismoniy tarbiya va sport boʼlimi jamoasi egalladi.

2-oʼrinni tuman Ichki ishlar boʼlimi qoʼlga kiritgan boʼlsa, 3-oʼrinni tuman Xalq banki va tuman elektr tarmoqlari korxonasining ishchi xodimlaridan iborat jamoalar egallashdi.

Text to speech