13 Dekabr 2022 yil 272

Fuqaroning muammolari  hal etildi

Aholi bilan yaqindan muloqot qilish, fuqarolarning kundalik va maishiy muammolariga yechim topish bugungi kun rahbarlarining eng muhim vazifalaridan biri. Natijada barcha sa’y-harakatlar inson qadri uchun tamoyili asosida joylarda aholi farovonligi yo‘lida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilayotir. Jumladan, inson qadri uchun tamoyili asosida yurtimizda fuqarolarga shart-sharoit yaratish, kundalik va maishiy, kommunal sohalardagi muammolarni hal etishga asosiy e’tibor qaratilmoqda.

Yaqinda viloyat 3-sektori rahbari tomonidan biriktirilgan hududlardagi mahallalar va qishloqlar infratuzilmasi o‘rganish jarayonida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari aniqlandi. Xususan, Qamashi tumanidagi “Mayda” mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oila sifatida turuvchi, Yettiquduq qishlog‘ida yashovchi, uch nafar voyaga yetmagan farzandning onasi Saltanat Xolmuminovaning viloyat 3-sektor rahbariga qilgan  murojaati asosida uyi tomini yopish va uyni  ta’mirlash uchun shifer, strapila, pol-patolok qurilish ashyolari homiylik asosida olib berildi. Ayni kezlarda fuqaro xonadonida qurilish ishlari boshlab yuborildi. 

Bu boradagi bunyodkorlik ishlari viloyatning barcha shahar-tumanlarida davom ettirilmoqda.

Text to speech