2 Oktyabr 2021 yil 451

Fuqarolikka qabul qilindi

 

Keyingi paytlarda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklari, manfaatlari davlat ahamiyatiga molik masala sifatida qaralmoqda. Bunday gʼamxoʼrlik mamlakatimiz fuqarolaridan tashqari fuqaroligi boʼlmagan shaxslarga ham koʼrsatilib, Oʼzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinmoqda. Jumladan, Qarshi shahrida ancha yillardan buyon fuqaroligi boʼlmagan shaxs maqomida yashab kelayotgan Soxibovlar oilasi ham ana shunday imkoniyatdan bahramand boʼlishdi. Qarshi shahar IIO FMB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʼlimi tomonidan bu oilaga Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi rasmiylashtirib berildi.
Bugun Soxibov oilasining azaliy orzulari amalga oshdi. Ular Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosiga aylandi. Endi mamlakatmiz fuqarosi degan yuksak maqomga ega boʼlganidan benihoyat baxtli ekanligini, shu yurtning ravnaqi uchun xizmat qilishini bildirishdi.

Text to speech