Fuqaroligi boʼlmagan shaxslarga ID-kartalari berildi
Mamlakatimizda uzoq vaqtdan beri eski pasport bilan yashayotgan yoki uni yoʼqotib qoʼygan, shuningdek, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʼlmagan hamda vaqtida roʼyxatga kirmagan shaxslarga Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 sentyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarni roʼyxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Qarori talablari asosida, Oʼzbekiston Respublikasida yashash huquqini beruvchi hujjat berish va ularni doimiy roʼyxatdan oʼtkazish ishlari tizimli ravishda amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, Qarshi shahriga uzoq yillar oldin qoʼshni Turkmaniston Respublikasidan doimiy yashash uchun koʼchib kelib, Oʼzbekiston Respublikasida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz yashab kelayotgan Amanova Zuxra Ochilovna hamda Tojikiston Respublikasidan kelgan Fayzovlar oilasining 4 nafar aʼzosiga Qarshi shahar IIO FMB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʼlimi tomonidan “Fuqaroligi yoʼq shaxs uchun” Oʼzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi identifikatsiya ID -kartalari rasmiylashtirib berilib, ularni uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan muammolari ijobiy hal qilib berildi.
Maʼlumot oʼrnida aytish joizki, “Oʼzbekiston Respublikasining fuqarolik toʼgʼrisida”gi Qonun kuchga kirgandan soʼng qoʼshni davlatlardan mamlakatimizga doimiy yashash maqsadida koʼchib kelgan, ammo shaxsini tasdiqlovchi hujjatini yoʼqotib qoʼygan yoki shu kunga qadar hujjat olmasdan yashab kelayotgan 21 nafar fuqaroligi boʼlmagan shaxslarga “Fuqaroligi boʼlmagan shaxs uchun” Oʼzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi identifikatsiya ID-kartalari rasmiylashtirib berildi