Shu kunga qadar fuqaroligi boʼlmagan shaxs Oʼzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi
Qashqadaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va uning quyi tizimlari tomonidan viloyat hududida yashovchi fuqaroligi boʼlmagan shaxslarning Oʼzbekiston Respublikasi fuqaroligini olish uchun xujjatlari qabul qilinib, ularni Oʼzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish boʼyicha salmoqli koʼrsatgichlarga erishilmoqda.
Jumladan, D.T.Dustmurodova 1993 yilda Tojikiston Respublikasidan doimiy yashash uchun Oʼzbekiston Respublikasiga koʼchib kelgan va shu kunga qadar fuqaroligi boʼlmagan shaxs guvoxnomasi bilan yashab kelayotgan edi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga asosan Yakkabogʼ tumani, Mustaqqillik mahallasida yashovchi D.T.Dustmuradova Oʼzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinib, uning azaliy orzusi ushaldi.
D.T.Dustmurodova Davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan izchil islohatlarning natijasida “Oʼzbekiston fuqarosi” degan yuksak maqomga erishgandan juda ham xursandligini, kelgusidan Vataniga sodiq fuqaro boʼlib, yurt ravnaqiga oʼz xissasini qoʼshish niyatida ekanligini bildirdi.
Yakkabogʼ tumani IIB 19-sonli IIB Ichki migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi masʼul xodimlari tomonidan D.T.Dustmurodovaga Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosining ID-kartasi uyida topshirildi.