15 Mart 2021 yil 544

Fuqarolarni chuv tushirayotgan firibgar ushlandi

2021 yil 23 fevralь kuni Qarshi shahar IIO FMB 2-sonli IIBga tushgan xabarga koʼra, Qarshi shahar “Navo” MFYda yashovchi А.I Qarshi shahar IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, u oʼz arizasida, Qarshi shahar “Beglar” MFYda yashovchi K.Sh unga Qarshi shahar “А.Navoiy” MFY hududida joylashgan hovlisini sotmoqchi ekanligini aytib, u bilan ushbu uyni 2 yil muddatga boʼlib boʼlib toʼlash sharti bilan kelishib, ushbu uy uchun 2015 yilning yoz oylariga qadar 500.000.000 soʼm pullarni berganligi, lekin uyni nomiga oʼtkazmoqchi boʼlganida Sh.K uyni boshqa shaxsga sotib yuborganligini bilib, uyni pullarni talab qilib, shu kunga qadar 150.000.000 soʼm pullarni qaytarib olganligi, qolgan pullarni xozirgi kunga qadar bermasdan aldab yurganligini maʼlum qilgan. Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB TB tomonidan Sh.K.ga nisbatan Oʼz.Res JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Text to speech