Fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi
Qashqadaryo viloyati IIB boshligʼi, 3-sektor rahbari, polkovnik Sh.Satvoldiev fuqarolarning kundalik yumush va muammolarini tinglab, hal etish maqsadida boshqarma Jismoniy va yuridik shaxslarni murojaatlarini qabul qilish xonasida turli masallarda kelgan fuqarolarni qabul qildi. Qabulda har bir murojaat ortida inson taqdiri, uning muammosi va tashvishlari ijobiy yechim topishiga alohida eʼtibor qaratildi.
Ochiq va samimiy muloqot tarzida oʼtgan qabulda 10 nafar fuqarolar turli masalalardagi murojaati tinglandi va yechimini topish choralari koʼrildi. Аyniqsa, fuqarolarning ichki ishlar organlari xizmatiga ishga kirish bilan bogʼliq 2 ta va soha xodimlarining faoliyati bilan bogʼliq 7 ta murojaatlar sohaviy xizmatlar masʼullari ishtirokida atroflicha muhokama etildi va ijobiy hal etish boʼyicha rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi. Baʼzi murojaatlar esa yechimini topish vakolatiga ega boʼlgan davlat idoralariga yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.
Bu boradagi ishlar davom etmoqda.