Fuqarolar qabuldan mamnun boʼlishdi
Qashqadaryo viloyati IIB boshligʼi, 3-sektor rahbari polkovnik Shuhratjon Satvoldiev fuqarolarning maishiy va kundalik turmush tarzida uchrayotgan muammolarga yechim topish maqsadida Koson tumanida Sayyor qabul oʼtkazdi. Tumandagi 100-oʼrta maktabda tashkil etilgan qabulda tuman hokimligi, IIB va sektorlar ishchi guruhi va fuqarolar ishtirok etshdi.
Sayyor qabulda “Temir”, Аyollar” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar ishtirok etishdi. Ochiq muloqot ruhida oʼtgan qabulda ishtirok etgan 45 nafar fuqarolardan
31 nafarining kommunal soha - mahallaning gaz, elektr energiyasidagi uzilishlar borasidagi va oʼzini oʼzi band qilish toʼgʼrisidagi murojaati tinglandi. Qabulda murojaatlarning 20 tasi joyida bartaraf etildi. Yaʼni, 10 nafar xotin-qizlarga tikuv mashinasi, 5 nafar yoshlarga payvandlash apparati, 3 nafar nogiron fuqarolarga esa turli miqdorda pullar topshirildi. 2 tasiga huquqiy tushuntirish berildi va vaqt va mablagʼ talab etadigan 9 ta muammo nazoratga olinib, mutasddilarga tegishli topshiriqlar berildi.