29 Mart 2021 yil 534

Fuqarolar murojaatlari joyida ijobiy hal etilmoqda

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʼining oʼrinbosari podpolkovnik X.Аtanazarov boshqarma qabulxonasida karantin talablariga rioya qilgan holda turli masalalarda murojaat bilan kelgan 8 nafar fuqarolarni qabul qildi.
Qabulda 3 nafar fuqarolarning murojaati joyida hal etildi. Jumladan, olib borilayotgan  jinoyat ishlari hamda tergov jarayoni bilan bogʼliq boʼlgan muammoli holatlar bilan murojaat qilgan fuqaro Gʼ.Eshnazarovrning muammolari joyida ijobiy hal etildi. 5 nafar fuqaroga murojaati boʼyicha huquqiy tushuntirishlar berilib, ijroga yoʼnaltirilib nazoratga olindi.

Text to speech