Fuqaro yonidan giyohvandlik moddasi aniqlandi
2022 yil 12 mart kuni VIIB xodimlarilari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida, Shahrisabz tumani Qutchi qishlogʼida yashovchi E.А.ga tegishli avtomashinasi Shahrisabz tumani Chorshanbe qoʼrgʼonida joylashgan bolalar sport maktabi roʼparasi toʼxtatilib xolislar ishtirokida E.А.ning transport vositasi va kiyimlari koʼzdan kechirilganda uning yonidan oq qogʼoz boʼlagiga oʼralgan 1 dona “SPIChKI” yozuvli gugurt qutisiga solingan yashil rangli, oʼtkir xidli oʼsimlik quritmasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. Ushbu oʼsimlik moddasi “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi, uning sof ogʼirligi 3,2 gramm ekanligi aniqlangan. Shahrisabz tumani IIB TB tomonidan E.А.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddsai 1-qismi bilan jinoyat shi qoʼzgʼatilgan.