Fuqaro xonadonida “Marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi
Shahrisabz tuman IIBga 2021 yil 25 noyabr kuni tushgan xabarga koʼra, TIIB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida, Shahrisabz tumani “Olmazor” MFYda yashovchi А.K.ning yashash xonadoni koʼzdan kechirilganda, oshxonasidan “Chaqmoq” nomli selofan paket ichida oʼziga xos oʼtkir hidli, yashil rangli, quritilgan holdagi bargsimon oʼsimliklar borligi aniqlanib, holislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan. Sudga oid kimyoviy ekspertizaning xulosasida A.K.ning yashash xonadoni oshxonasidan xujjatlashtirib oligan “Chaqmoq” nomli selofan paket ichida boʼlgan oʼziga xos oʼtkir hidli, yashil rangli, quritilgan holdagi oʼsimlik moddalari tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjud boʼlib, ushbu oʼsimlik moddasi “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi, uning sof ogʼirligi 5,1 gramm ekanligi koʼrsatilgan. Mazkur holat yuzasidan TIIB TB tomonidan A.K.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan..