18 Mart 2021 yil 525

FUQАRO IXTIYORIY OV QUROL TOPSHIRDI

Аyni kezlarda vohamizda oʼtkazilayotgan “Tozalash-Аntiterror” profilaktik tadbiri jadal olib borilmoqda. Tadbir samaradorligini oshirish maqsadida ichki ishlar organlari xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar koʼlami ancha salmoqli. Ular huquqbuzarliklar, jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, qonunbuzarlikning har qanday koʼrinishiga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida salmoqli ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, “Tozalash-Аntiterror” profilaktik tadbiri doirasida joylarda oʼtkazilgan targʼibot tadbirlari natijasida Dehqonobod tumanida yashovchi J.T. 2021 yilning 17 mart kuni molxonasi devoridan otasidan qolgan, 1956 yilda ishlab chiqarilgan 1 nilli, 16 kolibrli oʼqotar ov qurolini topib olib, tuman IIBga topshirdi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech