24 May 2021 yil
557
Fuqarolik pasportingizni xech kimga bermang
Oʼtgan yil kuz oylarida Yakkabogʼ tumanida yashovchi X.D Nishon tumani “Oq oltin” MFYda yashovchi tanishi А.E.ga telefon qilib, ish topib berishini soʼraydi. А.E. unga fuqarolik pasportini, suratini telegramm raqamiga tashlab yuborishini, ish topilgandan xabar qilishini bildiradi.
Tanishining fuqarolik pasporti nusxasini qoʼlga olgan ustomon 2020 yilning dekarbь oyida X.D.ning nomiga “Oʼzsanoatqurilishbank” АTBdan 1 yil muddatga 6.973.000 soʼm miqdorda onlayn kredit oladi.
Bundan xabar topgan X.D. Nishon tuman IIBga 2021 yil 16 aprelь kuni ariza beradi. Mazkur holat yuzasidan Nishon tuman IIB TB tomonidan А. E. ga nisbatan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.