27 Noyabr 2023 yil
647
Fuqarolarning muammolari tinglandi
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi
boshlig‘i 3-sektor rahbari polkovnik Shuxratjon Satvoldiyev fuqarolarni
kundalik hayoti, turmush tarzi va maishiy muammolarini o‘rganish hamda
bandligini ta’minlash maqsadida Qarshi shahrida sayyor qabul o‘tkazdi. Qarshi
shahridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazida tashkil etilgan qabulda
murojaatlarning asosini xotin-qizlarga Himoya orderi berish, huquqbuzarliklar
va jinoyatlarni fosh etish, ichki ishlar organlarining surishtiruv hamda tergov
faoliyati bilan bog‘liq 10 ta masalalarni tashkil etdi.
Sayyor qabulda fuqarolardan tushgan
murojaatlar barchasi ijroga qaratilib, o‘rganib chiqish uchun tegishli
mutasaddilar idoralarga yuborildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.