2 Oktyabr 2024 yil 622

Fuqarolar moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlanmoqda

Davlatimiz rahbarining 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi PF-143-son qarori asosida viloyat 3-sektor hududidagi Koson tumani “Qorabayir”, “Zamin”   mahallalaridagi og‘ir toifadagi oilalarda boshqarma rahbariyati tomonidan o‘rganishlar olib borildi.

O‘rganishlar davomida bu fuqarolarni oylik daromadi, yashash sharoiti va bandligi hamda  muammolari o‘rganildi.

Boshqarma boshlig‘ining Ishchi guruhi tomonidan aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq manzilli choralar belgilandi. Jumladan, ijtimoiy himoya ro‘yxatida turuvchi fuqarolarni  doimiy ish bilan ta’minlash, farzandlarini yotoqxonaga joylashtirish, chorva krediti olib berish, kasbga o‘qitishib, homiylik asosida uyini ta’mirlash borasida mas’ullar biriktirildi va ijrosi nazoratga olindi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech