17 Oktyabr 2024 yil 610

Fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot orqali ularni muammolarini hal etish, aholining turmush farovonligini oshirish borasida viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan joylarda muntazam sayyor qabullar uyushtirilmoqda

Kasbi tumanida viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbariyati tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

 Sayyor qabulda viloyat ichki ishlar boshqarmsi boshlig‘ining o‘rinbosari Talat Mamatqulov 8 nafar fuqarolarning murojaatlarini qabul qildi.

Qabulda ichki ishlar organlarining tergov  va profilaktika xizmati tomonidan olib borilayotgan surishtiruv  harakatlari va boshqa masalalarga oid murojaatlarning 4 tasi joyida ijobiy yechim topdi. Tekshirish uchun vaqt talab etiladigan murojaatlar alohida nazoratga olindi.

Jumladan, qabulda pasport olish yoshiga yetgan 4 nafar Kasbilik yoshlarga fuqarolik ID-kartalari, tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech