31 Iyul 2024 yil 658

FUQAROLAR QABULI: MUAMMO VA YECHIM

Chiroqchi tumani sektor rahbarlari fuqarolarning murojaatlarini tinglash maqsadida Istirohat bog‘ida sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabulda fuqarolarning salomatlik, ijtimoiy himoya, bandlik, uy-joy ta’miri, kredit va ta’lim masalalarida bildirgan muammolari tinglanib, yechim izlandi. Aksariyat fuqarolarning muammolari shu yerning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 15 nafariga huquqiy tushunchalar berildi. Yechimi vaqt talab etadigan 7 nafar fuqaroning murojaatlari tegishliligi bo‘yicha mas’ul shaxslarga o‘rganish uchun yuklatildi.
Shuningdek, 3-sektor rahbari tumanning “Obihayot” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar va ularning vakillari bilan uchrashdi.
Unda ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash, kasb-hunarga jalb qilish, tadbirkorlikka yo‘naltirish, ular o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining oldini olish masalalari ko‘rilib, yoshlarning muammo, taklif-mulohazalari tinglanib, ularni ijobiy hal etish choralari belgilandi.
Bundan tashqari, Chiroqchi tumani 3-sektor hududiga qarashli "Zarbdor" MFY hududida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Bunday xayrli ishlardan fuqarolar mamnun.

Text to speech