“Fuqaro muhofazasi – strategik amaliyot”
Qashqadaryo viloyati IIBda navbatdagi
ma’rifat darsi “Fuqaro muhofazasi –
strategik amaliyot” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Unda tergov boshqarmasi tergovchisi podpolkovnik Anvar Ochilov
insonlar sog’lig’i yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy
talofatlar keltirib chiqarishga hamda odamlarning hayot faoliyati, sharoiti
izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo’lgan yoki olib kelgan avariya, halokat,
xavfli tabiiy hodisa shu kabi boshqa ofat natijasida muayyan hududda yuzaga
kelgan holatlar haqida so’z yuritdi.
Mavzuga doir keyingi ma’ruzani tezkor qidiruv xodimi Ro’zimurod Norboyev
olib borib, hafta mobaynida yuz bergan dunyodagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat
yuzasidan ma’lumot berdi.
Bugungi kunda favqulodda vaziyatlarda
to’g’ri harakat qilishga tayyorlashda internet, xususan ijtimoiy tarmoq va
bloglardan foydalanish aholini bu borada o’z vaqtida xabardor qilishning
tarqalgan va eng samarali chora-tadbirlardan biri hisoblanadi. Bundan samarali
foydalanish umume’tirof etilgan afzalliklarga egadir.