3 Dekabr 2022 yil 253

Foydali o‘quv mashg‘uloti

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2022 yil 1 noyabrdagi “Qashqadaryo viloyatida jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi ichki ishlar organlari tizimida mavjud muammoli masalalami bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar bo‘yicha tasdiqlangan Yo‘l xaritasiga muvofiq, joriy yilning 1-5 dekabr kunlari ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari va psixolog-inspektorlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda.

O‘quv mashg‘ulotlari dastlab, IIV Malaka oshirish instituti Qashqadaryo filialida tashkil etilidi. Unda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati, vazirlik Akademiyasi mas’ul xodimlari va Qarshi davlat universiteti professor-o‘qituvchilari profilaktika inspektorlari va psixolog-inspektorlarning fuqarolar bilan muloqot madaniyatini oshirish hamda kundalik xizmat faoliyati davomida nizoli vaziyatlarning yuzaga kelishini oldini olish maqsadida amaliy va nazariy dars mashg‘ulotlari o‘tishdi.

Ochiq muloqot ruhida kechgan o‘quv mashg‘ulotlarida profilaktika inspektorlari va psixolog-inspektorlar o‘zlarini qiziqtirgan   savollariga javoblar olishdi.

O‘quv mashg‘ulotlari viloyatning shahar-tumanlarida davom etmoqda.

Text to speech