10 Iyun 2020 yil 1226

Foxishaxona tashkil etgan fuqarolar jazoga tortildi

2020 yil 07 iyun kuni soat 20:00larda Qarshi shahar IIO FMB 3-son IIB HPG TP profilaktika inspektorlari katta leytenant S.Xudoyberdiyev va katta leytenant A.Raimovlar Qarshi shahar Oydin MFYda joylashgan "Sarbon LTD" MCHJ.ga qarashli Paxtazor uy mehmonxonasi(SAUNA)ni karantin qoidalariga amal qilayotganlik holatini tekshirishlik uchun borishgan vaqtida u yerni sauna qismida uch nafar fuqarolar Sh.A, F.S va N.X.lar karantin qoidalariga amal qilmasdan dam olishayotgani, fuqaro Sh.A ushbu saunada massajchi boʼlib ishlovchi M.S bilan jinsiy aloqa qilayotganligi, shuningdek surishtiruv ishlari davomida saunada massajchi bolib ishlovchi fuqaro X.M ham kun davomida ikkita fuqaroni qabul qilganligi ular bilan massaj qilish bilan birga jinsiy aloqa ham qilganligi malum boʼldi. Saunani ish yurituvchisi boʼlgan X.O.dan karantin vaqtida saunani nima sababdan ishlayotganligi soʼralgan vaqtida fuqaro X.O. tadbirkorligini, bir telefon bilan hammangni yoʼq qilib yuboraman deb aytganligi va IIB xodimlarining qonuniy faoliyatini bajarishiga toʼsqinlik qilganligi holatidan toʼplangan hujjatlar Qarshi shahar Maʼmuriy sudiga taqdim qilindi. 2020 yil 09 iyun kuni Maʼmuriy sud tomonidan fuqarolar M.va S. va X.M.lar Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 190-moddasi 1-qismi va 54-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib yeng kam oylik ish haqqining 7 barobaridan jarima va fuqaro X.O yesa Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasi 2-qismi va 194,195 moddalari bilan aybli deb topilib 10 sutka Maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Text to speech