Forum ishtirokchilari xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va ular o‘rtasida qonunbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning Qarshi shahar “Oydin” mahallasi misolidagi mahalla yettiligi amalga oshirilgan ishlar taqdimoti bilan tanishdilar
Taqdimotda xotin-qizlar bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazi faoliyati, ishlash istagida bo‘lganlar uchun mehnat yarmarkasi, lider tadbirkor ayollarga tadbirkorlik va hunarmandchilik qilish istagida bo‘lgan xotin-qizlarni biriktirish, mahalla xotin-qizlar faoli va “Oqila ayollar harakati” a’zolarining yoshlar bilan ishlash jarayoni, kitobxonlik uchun yaratilgan sharoitlar, xorijiy tillarni o‘rganishlari uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirib, bu boradagi tajribalarini boyitishdi.
Qarshi
shahrida Hunarmandlar markazida bo‘lgan forum ishtirokchilari xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish hamda zargarlik ustaxonasi,
choponchilik markazi, milliy qo‘g‘irchoq yasash, tikuvchilik markazi,
gilamchilik, gulchilik,milliy cholg‘ular yasash jarayonlarini ko‘zdan kechirishdi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, viloyatda mutasaddi idoralar hamkorligida xotin-qizlar o‘rtasida olib borilgan bu kabi xayrli ishlar natijasida viloyatda jinoyatchilik keskin kamayib, hudud ko‘rsatkichlari yaxshilandi. Galdagi vazifalar yuzasidan mas’ullarga tavsiyalar berildi.