5 Yanvar 2024 yil 920

Foydali o‘quv mashg‘uloti

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 may kunidagi “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-162-sonli Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administaratsiyasining 2023 yil 7 sentabrdagi topshirig‘iga asosan viloyatda “E-muhokama” elektron dasturida ishlash va faoliyat olib borishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat va shahar-tuman sektor mas’ullari, kotiblari, ishtirok etishdi.

Tadbirda viloyat IIB jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Ruslan Temirov so‘zga chiqib, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 sentabr kuni “Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 565-sonli Qaroriga asosan, bugungi kunda joylarda sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va ularning sodir etilishiga imkon yaratib bergan shart-sharoitlarni jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur qarorga asosan joylardagi sektor rahbarlari tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalar ishtirokida sektor hududlarida sodir etilgan jinoyatlarning sabablarini o‘rganish, ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish masalalarini joyiga chiqqan holda “mahallabay”, va “sohabay” muhokama qilinmoqda.

Endi viloyatda “E-muhokama” elektron dasturi ishga tushirilib, barcha davlat idoralariga integratsiya qilingani, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 53 ta moddasi bo‘yicha o‘tkaziladigan muhokama yig‘ilishlari elektron dasturiga kiritib borilishini ta’kidladi. adi.

“E - muhokama” elektron dasturiga jinoyatlar muhokama bayoni va muhokama jarayonidan video lavhalar joylab boriladi.

 “E - muhokama” elektron dasturiga muhokama o‘tkaziladigan hudud manzili, muhokama o‘tkaziladigan sana, sektor rahbarning muhokama jarayoni, gumonlanuvchi yashash manzili va jinoyat sodir etilgan vaqti, sodir etilgan jinoyat moddasi va uning huquqiy oqibatlari haqida tushunchalar ishtirokchilarning savollariga javoblar berildi.

Yakunda dasturni ishga tushirish va undan foydalanishga oid videorolik ishtirokchilar e’tiboriga namoyish etildi.

Text to speech