Foydali targ‘ibot tadbiri
Qamashi tuman Tibbiyot
birlashmasida shifokorlar va tumandagi dorixona mudirlari bilan Vazirlar
Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga
giyohvandlik vositalari va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning muomalada
bo‘lishi yuzasidan nazoratni yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish
va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qaroridagi vazifalar ijrosiga
bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi va IJQK Departamenti Qamashi
tuman bo‘limi xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olganlar shifokorlar va dorixona
mudirlarining giyohvandlik vositalari va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning
muomalasida qonun doirasidan chetga chiqmaslik, aks holda qonunchilikda belgilangan
javobgarlik maslalari xususida ishtirokchilarga atroflicha ma’lumotlar
berishdi.
Yakunda ishtirokchilarning savollariga
mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.