29 May 2020 yil 776

FIRIBI OʼTMАGАN OʼGʼRI

2020 yil 27 may kuni Yakkabogʼ tumanida yashovchi fuqaro I.N tuman IIB boshligʼi nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2020 yil 20 may kuni Yakkabogʼ tumani, Tatar MFYdagi dala maydonidan unga tegishli boʼlgan 2 bosh bozor bahosi 1.200.000 soʼmlik echkilarni nomaʼlum shaxslar oʼgʼirlab ketishganligini maʼlum qilib, ushbu holat yuzasidan aybdor shaxslarni aniqlab ularga nisbatan qonuniy chora koʼrishni soʼragan. Ushbu ariza yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilganida, 2 bosh echkilarini Mirishkor tumani, Vori qishlogʼida yashovchi Yakkabogʼ tumanida tugʼilgan F.Oʼ sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qoʼlga olingan. Fuqaro Oʼ.F Yakkabogʼ tumani IIB 19-sonli IIBga olib kelinib, 19-sonli IIB tezkor xodmi K.F. tomonidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilishi davomida, fuqaro Oʼ.F, F.K.ga mazkur holat yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirmaslik va chora koʼrmaslik evaziga 3 million soʼm pullarni pora sifatida taklif qilgan. F.K bu haqida Yakkabogʼ tumani IIB boshligʼi nomiga bildirgi bilan murojaat qilib, fuqaro Oʼ.F.ga nisbatan qonuniy chora koʼrishni soʼragan. Ularning oʼrtalarida boʼlib oʼtgan suhbat jarayoni F.K.ning qoʼl telefoni orqali yozib olingan. 2020 yil 27 may kuni soat 19:30larda fuqaro Oʼ.F Yakkabogʼ tumani IIB 19-sonli IIB maʼmuriy binosidagi xizmat xonasida F.K.ga 100 АQSh dollari va 1.950.000 soʼm pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtda ushlangan. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech