20 Avgust 2021 yil 486

Firibgarning tuzogʼiga ilindim

2021 yil 19 avgust kuni Mirishkor tumani “Mirobod” MFYda yashovchi fuqaro X.J 2019 yil 26 iyun kuni АT “Halq banki” Mirishkor filiali xodimi I.Sh.ga kredit olish masalasi boʼyicha murojaat qilgan vaqtida, unga kredit berish uchun resurs yoʼqligini bildirgan boʼlsada, lekin I.Sh uning nomidan kredit olishi uchun bank boshligʼi nomiga yozilgan ariza va kredit olishga asos boʼladigan barcha hujjatlarni rasmiylashtirib, firibgarlik yoʼli bilan 17.000.0000 soʼm kredit olib, oʼzining ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB TB tomonidan I.Sh.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shu oʼrinda fuqarolarga oʼzlariga tegishli boʼlgan shaxsiy xujjatlarga eʼtiborli boʼlishlarini, begona shaxslarga ishonib bermasliklarini eslatib oʼtamiz!

Text to speech