11 Avgust 2023 yil
500
Firibgarlik xatti-harakati uchun
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan Chiroqchi tuman “Zarbdor” MFYda yashovchi B.Q. jazodan qochib qutilish maqsadida yashirindi. Natijada unga nisbatan JIB Chiroqchi tuman sudi tomonidan qidiruv e’lon qilindi.
Chiroqchi tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilagan tezkor qidiruv ishlari natijasida B.Q. tuman hududida qo‘lga olinib, vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirildi.