13 Avgust 2021 yil 259

Qarshi shahrida firibgar qoʼlga olindi

Qarshi shahar IIO FMB 3-sonli IIBga 2021 yil 30 iyulь kelib tushgan xabarga koʼra, olib borilgan tergovga qadar tekshirish harakatlari davomida,
Qarshi shahar “Аralovul” MFYda yashovchi U.I. yaxshi niyatlar bilan avtomashina olish uchun pul yigʼadi. Sarmoyasini hisobini olgach, toʼplagan puli koʼzlagan avtomashinaga yetmasligini bilgach, Qarshi shahar “Kat” MFYda yashovchi А.B.ga olti oy muddatda “Traversi” rusumli avtomashina olib berishi uchun 20.000 АQSh dollar miqdoridagi pullarini beradi. Bu kamlik qilgandek, А.B. 2021 yil yanvarь oyining oʼrtalarida U.I. ga yana 422.000.000 soʼm miqdoridagi pullar evaziga 2021 yil 01 mart kuniga qadar “Traiblazer” rusumli avtomashina olib beraman deb aldagan. Bundan tashqari, А.B. 2021 yil 16 aprelь kuni soat 09:00larda Qarshi shahar “Zogʼza” MFYda yashovchi M.B.ga koʼp qavatli uylardan 2 xonali 96 kv.metr kattalikdagi yashash xonadonni arzon narxda berishini aytib, uning 270.000.000 soʼm miqdoridagi pullarni olib, shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB TB tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Text to speech