30 Aprel 2022 yil
587
Firibgar poytaxtdan ushlandi
Qarshi shahar “Navo” MFYda yashovchi Q.G. ancha miqdorda oʼzgalar mulkini firibgarlik bilan qoʼlga kiritgani uchun Qarshi shahar IIO FMB tomonidan tergovga jalb etildi. Аmmo qilmishi uchun javob berish oʼrniga yashirinishni afzal bildi. Natijada ayolga nisbatan tergov organlari tomonidan qidiruv eʼlon qilindi.
Holat yuzasidan viloyat IIB JXX JTSB PPX batalьoni va Qarshi shahar IIO FMB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida Q.G. Toshkent shahar hududidan ushlandi.