Firibgar har qanday holatda firibini qildi
Mirishkor tumani “Navbaxor” MFYda yashovchi M.X, Mirishkor tumani “Guliston” MFYda yashovchi R.R va Mirishkor tumani “Baxoriston” MFYda yashovchi J.S.lar ariza bilan murojaat qilib, arizalarida, Mirishkor tumani “Yangi Mirishkor” MFYda yashovchi, “Mirishkor ixtisoslashtirilgan qurilish taʼmirlash korxonasi”da ishchi O.X, X.M.ni turar joy qurish uchun yer-uchastka olish maqsadida yurganligini bilib, unga har 1 nafar shaxs uchun 0,04 gektardan 5 nafar shaxs uchun jami 0,2 gektar hajmli yer-uchastkani kadastr hujjatlari bilan birga tayyorlab berishini vaʼda qilib, X.M.dan 2020 yil mart oyi oxirlarida 2 mln soʼm va 2020 yil may oyi boshlarida esa 7 mln 500 ming soʼm pul hamda bir dona АTB Аgrobank tomonidan berilgan bank plastik kartochkasini, fuqaro R.R.ni yashash uyiga borib, unga qarata “aka oʼzi 700 ming soʼmlik toʼlovi bor, shuni toʼlasangiz kadastr hujjatlaringizni taxlab beraman yoki siz bir choy qiling, keyin menga 550 ming soʼm yana bersangiz boʼldi, meni oʼzim toʼlovini toʼlab kadastr hujjatingizni sizga olib kelib beraman”-deb, unga oʼzini tuman kadastr boʼlimi boshligʼi oʼrinbosari sifatida tanishtirgan holda R.R.ning ishonchiga kirib, uning yashash uyiga aloqador kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytib, uning jami 550 ming soʼm miqdoridagi pulini, S.J.ni yashash uyi borib, unga “opa oʼzi 800 ming soʼmlik toʼlovi bor, shuni toʼlasangiz kadastr hujjatlarini taxlab beraman, mayli siz 700 ming soʼm bersangiz boʼladi, eringiz vafot etgan ekan bir xaftada birinchi boʼlib sizni kadastr hujjatingizni chiqarib beraman”-deb, S.J.ning yashash uyiga aloqador kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytib, uning jami 700 ming soʼm miqdoridagi pulini firibgarlik yoʼli bilan olib qoʼlga kiritgan. Mirishkor tuman IIB huzuridagi TB tomonidan X.O.ga nisbatan Oʼz.R JKning 168-m. 3-q “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.