6 May 2023 yil 381

Faxriylikka kuzatildi

Umrini yurt tinchligi, el osoyishtaligiga baxshida etgan insonlar alohida hurmat va ehtiromga loyiq. Ichki ishlar organlari tizimlarida uzoq yillar xizmat qilib ana shunday ehtiromdan bahramand bo‘layotgan soha fidoyilari talaygina. Podpolkovniklar Isomiddin Qilichov, Mirzoxid Do‘styorov, Orifjon Bo‘riev, Shaxrishod Sadiqov, katta serjant Asad Nazarov va serjant Ramish Xamraev ham ana shunday xodimlar sirasidan.

Boshqa sohalardan vakillaridan farqli ravishda ichki ishlar idoralari tizimlarida uzoq yillar sabr va matonat bilan xizmat qilish, Vatan ravnaqi, el osoyishtaligi va fuqarolar xavfsizligi, jamoat tartibini saqlashga munosib hissa qo‘shish har bir xodimdan  katta mas’uliyat,  matonat hamda sadoqatni talab etadi, - dedi tadbirda so‘z olgan viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Zavqiddin Xo‘janov. - Yurt tinchligi, sarhadlar daxlsizligi, fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shib faxriylikka kuzatilayotgan bu insonlarning hayot yo‘li yoshlarga ibrat maktabi bo‘la oladi.

  Tantanali tadbirda faxriylikka kuzatilganlar so‘z olib, ustozlari singari yoshlarga xizmat faoliyatida murabbiylik qilishga, yoshlarga kasb sirlarini o‘rgatishni ta’kidlashdi.

Tadbirda pensiyaga kuzatilganlarning yelkasiga to‘n yopilib, sovg‘a salomlar bilan qutlandi.

Yakunda ichki ishlar organlari xodimlariga navbatdagi maxsus unvonlar topshirildi.

Text to speech