2 Mart 2021 yil 637

FАXRIYLIKKА KUZАTILDI

Ichki ishlar idoralarida xizmat qilish kishidan katta masʼuliyat, sabot va matonatni talab etadi. Xizmat davomida shu xislatlarni oʼzlashtirib, umrini tinchlikni mustahkamlashga, jamiyat taraqqiyotini rivojlantirishga hamda osoyishtalikni taʼminlashga bagʼishlagan xodim el nazariga tushadi. Ichki ishlar organlari tizimlarida yigirma yildan ortiq xizmat qilgan serjant Hamza Normurodov ham ana shunday xodimlardan biri. Soʼnggi yillarda viloyat IIB PPX va JTSB PPX batalьoni 2-otryadi haydovchi xodimi vazifasida samarali xizmat qilgan bu inson ehtirom bilan faxriylikka kuzatildi.
- Patrulь post xizmati bejizga eng mashaqqatli va masʼuliyatli sohasi deya eʼtirof etilmaydi. Har kuni turli xarakter va kayfiyatda yurgan fuqarolar, huquqbuzarlik va jinoyat sodir etgan shaxslar bilan muomala qilish soha vakilidan yuksak kasbiy mahorat, tajriba va malakani talab etadi, - dedi boshqarma PPX batalьoni boshligʼi oʼrinbosari, podpolkovnik А.Аxmedov. - Yuqorida tilga olingan xislatlarni oʼzlashtirgan bu inson sohada xizmat qilayotgan yoshlarga kasb sirlarini oʼrgatib, murabbiylik borasida ham oʼziga xos maktab yaratdi.
Tadbirda soʼz olgan yubilyarning hamkasblari va shogirdlari osoyishtalikni mustahkamlash, huquqbuzarliklar, qonunbuzarlikka qarshi kurashishda Xamza akaning xizmatini eʼtirof etishdi.
Аnʼanaga koʼra, tadbirda nafaqaga kuzatilgan soha fidoyisining yelkasiga toʼn yopilib, qimmatbaho sovgʼalar bilan taqdirlandi.

Text to speech