Faxriylarga ehtirom koʼrsatildi
9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda fashizm ustidan qozonilgan gʼalabaning 76 yilligi munosabati bilan ichki ishlar organlarida xizmat qilib bugungi kunda faxriylik gashtini surayotgan 2 nafar mehnat fronti faxriylari xonadonlarida boʼlib, ularga hurmat-ehtirom koʼrsatildi. Jumladan, Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi, boshqarma M va FRB hamda Transportda XTB rahbariyati Qarshi shahar “Kunchiqar”mahallasida yashovchi isteʼfodagi kapitan 93 yoshli Tamara Zinchenko va “Shodlik” mahallasida yashovchi 89 yoshli Xudoynazar Toshpulatov xonadonida boʼlib, faxriylarni yaqinlashib kelayotgan bayram bilan tabriklashdi. Faxriylarga sovgʼalar topshirilib, ularning tinchlik va osoyishtalikni asrash borasidagi hayotiy tajribalariga asoslangan fikrlari tinglandi.
Tobora yaqinlashayotgan bayram arafasida esa Prezidentning joriy yil 20 apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʼbatlantirish toʼgʼrisida”gi farmoniga asosan urush qatnashchilari va nogironlariga 12 million soʼm miqdorida bir martalik pul mukofoti tantanali ravishda topshiriladi.
Tadbirlarda viloyat IIB Kadrlar boshqarmasi boshligʼining oʼrinbosari, podpolkovnik Sh.Muslimov ishtirok etdi.