27 Sentyabr 2021 yil 341

Faxriylargа ehtirom koʼrsatildi

Ustoz va murabbiylar bayrami munosabati bilan Qashqadaryo viloyati IIB rahbariyati xayrli ishga qoʼl urdi. Ichki ishlar organlarida uzoq yillar samarali xizmat qilib, bugungi kunda nafaqada boʼlsa-da, hamon yoshlarga oʼz oʼgit va maslahalarini berib kelayotgan bir guruh faxriylar xonadoniga tashrif buyurishdi.
Yoshlarga kasb sirlarini oʼrgatgan, saboq bergan, hayot soʼqmoqlaridan hayiqmay odimlab borishida ustozlik qilgan va bu vazifani ayni paytda ham sharaf bilan bajarib kelayotgan ichki ishlar organlarining faxriylari yosh xodimlarga bosib oʼtgan yoʼllari, tajriba, bilim va koʼnikmalarini hikoya qilib berishdi.
Tadbirda faxriylarga yana bir bor eʼzoz va ehtirom koʼrsatilib, esdalik sovgʼalari topshirildi.

Text to speech