19 Fevral 2021 yil 622

FАXRIYLАR VА XODIMLАR UCНRАSНUVI

Ichki ishlar idoralari tizimida uzoq yillar xizmat qilgan faxriylar tajribasi va malakasi yosh xodimlar uchun maktab. Shu bois uzoq yillar sohada mehnat qilib, bugungi kunda faxriylik gashtini surayotgan otaxonlarning aksariyati oʼyda oʼtirishni ep bilmasdan ustoz-shogird anʼanasiga sodiq qolgan holda soha vakillaridan oʼz maslahatlarining ayashmayapti.

Yaqinda viloyat IIB Kadrlar boshqarmasi va boshqarma Faxriylar kengashi Nishon va Qarshi tuman IIBda yoshlar va ularga biriktirilgan murabbiylar bilan uchrashuv oʼtkazishdi. Har ikkala tuman IIBlari shaxsiy tarkibi va Faxriylar kengashlari aʼzolari ishtirok etgan yigʼilishda boshqarma Faxriylar kengashi raisi, isteʼfodagi polkovnik Sodiq Islomov “yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qoʼllab-qkvvatlash va ularga davlatimiz tomonidan koʼrsatilayotgan gʼamxoʼrliklar toʼgʼrisida oʼz fikr-mulohazalarini bildirdi. Jumladan, har yili oʼtkaziladigan bu kabi “Uch avlod uchrashuvi”larida xodimlarning kasb mahorati va tajribasini oshirish borasida ibratga molik ishlar amalga oshirilayotganini taʼkidladi.

Tadbirda soʼz olganlar boshqarma rahbariyati tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, gʼamxoʼrliklarga javoban Vatan xizmatiga kamarbasta boʼlish lozimligini taʼkidlashdi. Faxriylar uzviy anʼanaga sodiq qolgan holda joriy yilda ham yoshlarga maslahatchi-koʼmakchi sifatida har tomonlama yordam berishlarini bildirishdi. Faxriylar va xodimlar amaldagi yilda amalga oshiriladigan ishlar xususida ishlab chiqilgan reja asosida ishlashga kelishib olindi.

Text to speech