11 Oktyabr 2021 yil
581
Faxriylar eʼzozda
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 sentyabrdagi “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi oʼrni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 816-son qaroriga asosan oktyabrь oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi” etib belgilangan edi.
“Keksalar haftaligi” munosabati bilan Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati tomonidan sohada kup yillar ishlagan faxriylarni Kasbi tumanida joylashgan “XАZRАT SULTON MIR HАYDАROTА” ziyoratgohiga sayohat uyushtirildi.