16 Oktyabr 2021 yil 580

Faxr va gʼurur timsoli

 

Qarshi shahrida yashovchi fuqaroligi boʼlmagan shaxs Djuraev Umidullo Xayrullaevich asli Qarshi shahrida tugʼilgan. U taqdir taqozosi bilan Tojikiston Respublikasiga 1983 yilda koʼchib ketib, 1993 yilga qadar yashab, soʼng Oʼzbekiston Respublikasiga qaytib keldi. Mana yigirma sakkiz yildirki u oilasi bilan “Fuqaroligi boʼlmagan shaxs uchun” Oʼzbekiston Respublikasi yashash guvohnomasi bilan yashab keldi.
Yurtimizda inson qadri, uning haq-huquqlari ustuvrorligi borasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bugun Umidullo Djuraev oʼzi va 4 nafar farzani Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi sifatida tan olinib, Qarshi shahar “Xalq qabulxonasi”da Qarshi shahar sektor rahbarlari tomonidan ularga Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartalari tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech