18 Aprel 2024 yil
299
“Favqulodda holatlarda birlamchi harakat”
IIV Qashqadaryo akademik liseyda Qarshi shahar FVB
1-YoQQ smena boshlig‘i kapitan B.Ro‘ziev, 3-KYoQQ boshlig‘i,
1- darajali serjant T.Saidov tomonidan ““Favqulodda holatlarda birlamchi harakat” mavzusida ko‘rgazmali, o‘quv-amaliy seminari o‘tkazildi.
Ko‘rgazmali tadbirda favqulodda holatlar va yong‘in yuz berganda birlamchi o‘t o‘chirish vositalaridan foydalanish vositalari hamda usullari haqida o‘quvchilarga tushunchalar berildi.
Tadbirda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Yakunda yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtida sport bilan shug‘ullanish, jismoniy tayyorgarligini oshirish maqsadida lisey o‘quvchilaridan tuzilgan jamoalar o‘rtasida voleybol musobaqasi tashkil qilindi.