17 Mart 2020 yil 790

“Navroʼz” umumxalq bayrami munosabati bilan IIV Qashqadaryo Аkademik litseyida sportning shaxmat va shashka turi boʼyicha musobaqa boʼlib oʼtdi

Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan 21 mart – “Navroʼz” umumxalq bayrami munosabati bilan IIV Qashqadaryo Аkademik litseyida sportning shaxmat va shashka turi boʼyicha musobaqa boʼlib oʼtdi. Unda ichki ishlar organlarining turli sohaviy xizmatlari va Qarshi shahar, Chiroqchi tuman IIO FMB va shahar-tumanlari IIBlaridan xizmat qilayotgan shahodatlangan xodimlar ishtirok etishdi. Musobaqani viloyat IIB boshligʼi oʼrinbosari podpolkovnik F.Raxmatov ochdi.

Bira toʼla ham shaxmat, ham shashka boʼyicha boʼlib oʼtgan bahslarda ishtirokchilar bor mahorat va tajribalarini ishga solib, gʼoliblik uchun kurashdilar. Qizgʼin va murosasiz bahslarga boy musobaqaning shaxmat turi boʼyicha birinchi oʼrinni 3-son JIEB xodimi Sh.Xudoynazarov, ikkinchi oʼrinni Transportdagi XTB xodimi U.Sanaqulov, uchinchi oʼrinni boshqarma Tibbiyot XTK xodimi Sh.Gʼafforov egalladi.

Musobaqaning shashka turi boʼyicha esa boshqarma TEQKB xodimi E. Xidirov uchinchi, boshqarma PPX va JTSB kinologiya xizmati xodimi R. Yoqubov ikkinchi, 10-son JIEB xodimi L.Togʼaev faxrli birinchi oʼrinlarni qoʼlga kiritishdi.    

Gʼoliblar viloyat ichki ishlar boshqarmasining diplomlari va qimmatbaho savgʼalari bilan taqdirlandi. 

Qashqadaryo viloyat Аxborot xizmati

Text to speech