1 Iyul 2024 yil 394

Farmon va ijro: amaliyot hamda samaradorlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tezkor qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning xuquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmonida nazarda tutilgan ustuvor vazifalar mavzusida viloyat kasaba uyushmalari federatsiyasida smenar bo‘lib o‘tdi. Unda  Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati sudi raisi A.Maxkamov, viloyat prokurorning  birinchi o‘rinbosari Sh.Ashirov  va  viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Ximmatov Israil Ismoilovich xamda viloyat XMQO lari vakillari shaxar-tuman JIB sudyalari va IIB xuzuridagi Tergov boshqarmasi tergovchilari qatnashdi.    Seminarda I.Ximmatov so‘zga chiqib farmonni qabul qilinishi ichki ishlar organlari tergov bo‘linmalarining faoliyatida muhim bir qadam bo‘ldi.  Alohida tergov sudyalari lavozimini joriy etilishi ishni sudga qadar yuritishda taraflarning tengligi va tortishuvi prinsipini ta’minlashga hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini samarali himoya qilishga xizmat qiladi. Sanksiyalar va majburlov choralarini alohida tergov sudyalari tomonidan ko‘rib chiqish tartibi, albatta, tergovchilarning faoliyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Xodimlarning vaqtini tejash, ortiqcha sarson bo‘lishini oldini oladi, shaxsga nisbatan majburlov choralarini ko‘rib chiqishni sifatini oshiradi. deb takidlab o‘tdi.

Text to speech